Shimoliy Koreya maktablarida rus tili majburiy fan bo‘ldi

Olam

image

Yangi o‘quv yilidan boshlab KXDR maktablarida 4-sinfdan e’tiboran rus tili majburiy fan sifatida joriy etildi. Bu haqda kecha, 27 noyabr kuni Rossiya Tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Aleksandr Kozlov Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya–KXDR hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida so‘z ochdi.

Vazirga ko‘ra, rus tili Shimoliy Koreyada eng mashhur uchta xorijiy til qatoriga kiradi. Hozirda mamlakat bo‘ylab taxminan 600 nafar o‘quvchi rus tilini o‘rganmoqda. Rossiyada esa koreys tilini asosan ikkinchi yoki uchinchi xorijiy til sifatida 3 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rganadi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlik bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. O‘tgan o‘quv yilida KXDRning 96 nafar fuqarosi Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan. Shu bilan birga, 300 nafar rossiyalik talaba koreys tilini tanlagan, ular davlatdagi uchta pedagogika universitetida o‘qitiladi.

Alohida e’tibor kasbiy ta’limga qaratilmoqda. Joriy yilda 29 nafar shimoliy koreyalik geolog Rossiya mutaxassislik ta’lim muassasalarida malaka oshirdi. Ular qidiruv ishlari, laboratoriya tahlillari, kartografiya va ma’lumotlar bazalari bilan ishlashni o‘rgandi. Xuddi shunday kurslar bank xodimlari, energetiklar va tibbiyot sohasiga oid mutaxassislar uchun ham tashkil etilgan.

Kelasi yilda Pxenyanda rus tilida ochiq ta’lim markazi ochiladi. U Kim Chxol Chju nomidagi pedagogika universiteti negizida tashkil etiladi. Hozir markaz uchun maxsus bino qurilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya o‘zining 5 ming harbiyini Rossiyaga yuborgandi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar harbiy sohada ham yaxshi rivojlanganini ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya rus tili KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing