Toshkentda 29 yoshli yigit 61 yoshli erkakni urib, qochib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 29 yoshli yigit 61 yoshli erkakni urib, qochib ketgani aytilgan videolar tarqaldi. Videolarda yigit erkakni ayovsiz urib-tepganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 oktyabr kuni taxminan soat 20:00 larda Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasida 1996 yilda tug‘ilgan B.S. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 1964 yilda tug‘ilgan S.D. ni bir necha marotaba urgan va hodisa joyidan Nexia-2 rusumli avtomashinada ketib qolgan. Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanuvchiga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng qosh sohasi shilingan jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yakkasarory tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchi qizlari o‘zaro janjallashgan edi. Holat yuzasidan jarayonlarda ishtirok etgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan hamda tuman IIB mas’ullari tomonidan jarayonda ishtirok etgan jami 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) muvofiq mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bezorilik Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing