Toshkentda yerni 9 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
23 fevral 7465 1 daqiqa
Toshkent shahrida yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol o‘zining tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo‘lgan, lekin hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 mln AQSH dollariga sotishga kelishgan. Ular mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida davlat yerini 23 ming dollarga sotishga uringan hokim yordamchisi qo‘lga olingandi.