“Umid qilamizki, Solovyovning chiqishi Rossiya rahbariyatining fikri emas” — Qudratxo‘ja

Jamiyat

image

Vladimir Solovyov to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda avval qog‘ozga o‘rab kelingan narsani ochiq aytdi. Katta siyosatda ovoz chiqarib aytilgan fikr endi falsafa emas. Bu amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning repetitsiyasi. Bu haqda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘zining Telegram’dagi kanalida yozdi. 

Uning fikricha, bunday efirlar jamiyatni urush g‘oyasiga bosqichma-bosqich tayyorlash funksiyasini bajaradi. Shuningdek, u bu chiqish Rossiya oliy rahbariyatining rasmiy pozitsiyasi emas, balki ichki auditoriyaga qaratilgan navbatdagi propagandistik chiqish ekaniga umid bildirdi. 

“Solovyovning chiqishi oldindan o‘ylangan xavfli propagandistik harakat... Va juda ham umid qilishni istaymizki, bu Rossiya oliy rahbariyatining rasmiy pozitsiyasi emas, balki studiya ichki auditoriyasiga ta’sir qilishga qaratilgan navbatdagi propagandistik chiqish”, deydi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

U so‘zini davom etar ekan, Solovyov shunchaki bulbul kabi baland ovozda jozibali sayrashi mumkin, lekin u har doim ham so‘zining oqibati uchun javob bermasligini aytgan.

Shuningdek, u bu g‘oyalar bejiz emasligini tarixiy misollar bilan keltirib o‘tdi.

“Lao Szi hali miloddan avvalgi VI asrdayoq ogohlantirgan: fikrlaringizga e’tibor bering—chunki ular harakatlaringizning boshlanishi”.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni rossiyalik teleboshlovchi, Kremlga yaqin asosiy propagandist Vladimir Solovyov o‘zining jonli efirida Ukraina hududiga uyushtirilgan “maxsus harbiy amaliyot”ni “Rossiya ta’sir doirasidagi boshqa hududlarda” ham, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari va Armanistonda o‘tkazish zarurligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Sherzodxon Qudratxo'ja Solov'yov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing