O‘zbekistonda mashinaning “probeg”ini o‘zgartirganlar jazolanishi mumkin

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda avtomobilni sotishdan oldin uning bosib o‘tgan masofasini o‘zgartirganini yashirganlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 10 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr (transport vositasining bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rsatadigan uskuna) ko‘rsatkichini soxtalashtirish holatlari kuzatilmoqda. Shu bois, mazkur qonun bilan odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki odometr uskunasi almashtirilgani haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik uchun ma’muriy javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Xususan, loyihada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni 121-1-modda (avtotransport vositalarining odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganligi yoki odometr uskunasi almashtirilganligi haqida xabardor etmaslik) bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, transport vositasi sotilgunga qadar xaridorni transport vositasining bosib o‘tgan yo‘lini qayd etuvchi odometr qurilmasining ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki odometr qurilmasining o‘zi almashtirilgani to‘g‘risida xabardor qilmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,12 mln so‘mdan 6,18 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Loyiha muhokamasi joriy yilning 20 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

transport probeg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing