O‘zbek ayoli turk erkakni $20 000ga uxlatgani rostmi?
Intervyu
−
30 aprel 3714 2 daqiqa
Turklarda “Loyni ot, o‘zi qolmasa ham izi qoladi”, degan maqol bor. So‘nggi kunlarda Turkiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik ayol Gulbahor Jumaniyozova atrofidagi bahs-munozaralar aynan shu maqolni yodga solmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Turkiyada o‘zbek ayollariga nisbatan norozilik kayfiyati kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Bu holatga qo‘shimcha ravishda turkiyalik haydovchi erkak mahalliy telekanal orqali o‘zbekistonlik ayol tomonidan aldanganini iddao qildi.
Uning aytishicha, Istanbul shahrida yashovchi Gulbahor ismli 36 yoshli ayol 56 yoshli Rajab O‘nderdan 900 ming turk lirasiga yaqin mablag‘ni olib, uni aldab ketgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, ular 2024 yilda taksida tanishgan va shundan so‘ng muloqot boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, ayol farzandlari uchun pul yuborish bahonasida undan muntazam ravishda mablag‘ olib turgan. Erkak esa, intervyu davomida munosabatlar davrida bir necha bor minglab dollar berganini ta’kidlagan.
Gulbahor Jumaniyozova esa, mazkur ayblovlarni rad etgan. Uning bildirishicha, erkak pullarni o‘z xohishi bilan yuborgan, hech qanday majburlash bo‘lmagan. Shuningdek, u Rajab O‘nder tomonidan tazyiq va tahdidlarga uchraganini ham aytgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erkak uni tungi ko‘ngilochar muassasalarda ishlashga undagan, boshqa shaxslarni aldash orqali pul topishni taklif qilgan. Jumaniyozova bu takliflarni rad etganini ma’lum qildi.
Mazkur chiqishlar ortidan katta shov-shuvlar yuzaga keldi. Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 23 aprel kuni Istanbul politsiyasi tomonidan Gulbahorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Keyinchalik boshqa shaxslar tomonidan ham unga nisbatan turli moliyaviy da’volar bildirilgani aytilmoqda.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston tomonidan faollar va jamoatchilik vakillari Turkiya tomoniga murojaat yo‘llab, efir davomida o‘zbekistonlik ayollarga nisbatan haqoratli va umumlashtiruvchi munosabat bildirilganini tanqid qildi.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, hozirda Gulbahor Jumaniyozova “Bakırköy Kadın Kapalı Cezaevi” muassasasida saqlanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unga nisbatan 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ‘ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qiling.
Live
Barchasi