WBA reytingi yangilandi: G‘iyosov o‘z toifasida yetakchilik qilmoqda

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Undan 7 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari joy oldi.

Yangilangan reytingga ko‘ra, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida 1-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vazndagi professional bokschilar orasida ikkinchi o‘rinda qayd etgan. Yana bir charm qo‘lqop ustasi Muhammad Shexov birinchi yarim yengil vaznda, Otabek Xolmatov esa yarim yengil vaznda kuchli uchlikni yakunlab beruvchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Shuningdek, WBA yangi reytingida Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vazn toifasi 4, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vaznda 7, Sirochbek Ismoilov yengil vaznning 15-pog‘onasidan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolov o‘z janglarida muddatidan avval g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov boks WBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing