Jizzax hokimiga yangi “zam” tayinlandi

Jamiyat

image

Dilmurod Xolmurodovich Xudoyshukurov – Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Unda Xudoyshukurov viloyat hokimiga o‘rinbosar etib tayinlngan.

Tayinlovga qadar u Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Ismatilloyevich Do‘stmuhammedov Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayinlov Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing