Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
03 fevral 3656 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Husanovdan tashqari Bernardu Silva va Janluidji Donnarumma nomzodi ham yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishi ko‘rsatilgan. G‘olibni aniqlash klubning rasmiy veb sahifasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov ushbu oyda “Manchester Citi” safida to‘rtta musobaqa doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozirda “shaharliklar” APL jadvalida 47 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral