Husanovning transfer narxi keskin ko‘tarildi
Sport
−
16:37 12212 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 15 mln yevroga ko‘tarildi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.
Bugun, 3 may kuni “Transfermarkt” portali Angliya Premer-ligasining futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi. Unga ko‘ra, Husanovning narxi 35 million yevrodan 50 million yevroga ko‘tarilgan.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan 524 nafar futbolchining bozor qiymatini yangilangan. Yangilanishdan so‘ng liganing umumiy transfer qiymati 209 million yevroga kamaygan bo‘lsa-da, 12,37 milliard yevro bilan dunyodagi eng qimmat chempionat maqomini saqlab qolgan.
Eng katta o‘sish “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rayan Sherki hisobiga to‘g‘ri keldi. Fransiyalik futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga oshib, 90 million yevroga yetdi.
Shuningdek, “Manchester Siti” futbolchisi Niko O’Raylining bozor qiymati 20 million yevroga oshib, 70 million yevroga yetdi. Bozor qiymati eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar reytingida Abduqodir Husanov 8-pog‘onani band etgan.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta bahsni asosiy tarkibda boshladi. “Manchester Siti” bilan mavsum yakunida Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi