JCHga eng ko‘p futbolchi yuborgan klub ma’lum bo‘ldi
Sport
−
16:30 2421 1 daqiqa
Abduqodir Husanov to‘p surayotgan “Manchester Siti” klubi 2026 yilgi Jahon chempionatiga eng ko‘p futbolchi yuborayotgan jamoa bo‘ldi. Bu ma’lumot kecha, 2 may kuni FIFA barcha terma jamoalarning yakuniy tarkibini e’lon qilgandan keyin tasdiqlandi.
“Shaharliklar” safidagi jami 19 nafar futbolchi o‘z milliy terma jamoalari bilan mundialda ishtirok etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Siti” barcha klublar orasida peshqadamlik qilmoqda.
Jahon chempionatida qatnashadigan “Manchester Siti” futbolchilari quyidagilar:
Abduqodir Husanov (O‘zbekiston), Natan Ake, Teyyani Reynders (Niderlandiya), Jeremi Doku (Belgiya), Omar Marmush (Misr), Rodri (Ispaniya), Rayan Sherki (Fransiya), Erling Holand (Norvegiya), Rayan Ayt-Nuri (Jazoir), Ruben Diash, Mateush Nunesh, Bernardu Silva (Portugaliya), Yoshko Gvardiol, Mateo Kovachich (Xorvatiya), Jeyms Trafford, Niko O’Rayli, Jon Stounz, Mark Gexi (Angliya) va Antuan Semeno (Gana).
Bu borada ikkinchi o‘rinni Myunxenning “Bavariya” klubi egalladi. Germaniya grandining 18 nafar futbolchisi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Shuningdek, Londonning “Arsenal” hamda Parijning PSJ klublari 16 nafardan futbolchisini mundialga yo‘llayotgan bo‘lsa, “Barselona” safidan 15 nafar futbolchi Jahon chempionatida qatnashadi.
Live
Barchasi