1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi (qo‘llanma)

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust kuni joriy yilda talabalikka tavsiya etilganlardan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turarjoyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetgan.

Endilikda 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari chiqqani va test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 15 avgustdan 24 avgustga qadar (10 kun davomida) apellyatsiya berishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Talaba yotoqxona Talabalar turarjoyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing