2014 yilgi Jahon chempioni faoliyatini yakunladi

Sport

image

Germaniya terma jamoasi safida 2014 yilgi Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan, 37 yoshli Jerom Boateng professional futbolchilik faoliyatini yakunladi. Himoyachi bu haqda ijtimoiy tarmoqda xabar berib, esda qolarli lahzalar aks etgan videoni joylashtirdi.

“Oila. Do‘stlar. Muxlislar. Vaqt keldi”,  deb yozadi Boateng ijtimoiy tarmoqlardagi xayrlashuv postida.

Boateng 2006 yildan beri markaziy himoyachi sifatida professional futbolda to‘p surdi. Faoliyatining asosiy qismini “Bavariya”da o‘tkazib, 2011-2021 yillarda 364 ta o‘yin o‘tkazdi va 10 ta gol urdi. Myunxen klubi bilan u to‘qqiz marta Bundesliga chempioni bo‘ldi, ikki marta Chempionlar ligasida (2013, 2020) g‘alaba qozondi va jami 25 ta sovrin qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Boateng “Gerta”, “Gamburg”, “Lion”, “Salernitana” va Avstriyaning “LASK” klublarida ham to‘p surgan. So‘nggi jamoasi “LASK” bo‘lib, u bilan bir mavsum o‘ynaganidan so‘ng 2025 yil avgustida klubdan ketgan edi.

Germaniya terma jamoasi safida Boateng 76 ta o‘yin o‘tkazgan. 2014 yilgi Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionatida terma jamoasi bilan mundial g‘olibi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi jahon chempionati g‘olibi Samyuel Umtiti ham yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Bavariya Jerom Boateng

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing