2026 yildan boshlab Haj vizasi faqat tibbiy guvohnoma asosida beriladi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumida ziyoratchida “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risida guvohnoma bo‘lgan taqdirda unga haj vizasi berilishi haqida bayonot e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi haj safari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralarga har bir ziyoratchini sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va haj safariga borish layoqatiga mos kelmaydigan kasallik bor-yo‘qligini aniqlash majburiyatini yukladi. Bu talab hojilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan.

Tibbiy ko‘riklardan o‘tmasdan va tegishli guvohnoma olmasdan haj vizasini rasmiylashtirish imkoni yo‘q.

Bayonotda quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligi ma’lum qilindi:

  • Dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi;
  • Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligi;
  • Davriy yoki doimiy ravishda kisloroddan foydalanishni talab qiluvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari;
  • Jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi jigar sirrozining og‘ir bosqichi;
  • Og‘ir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
  • Qarilik demensiyasi kasalliklari;
  • Homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, yuqori xavfga ega bo‘lgan har qanday homiladorlik;
  • Faol yuqumli kasalliklar (shu jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
  • Kimyoterapiya yoki boshqa immunitetni susaytiruvchi muolajalardan o‘tayotgan faol onkologik kasalliklar;

Saudiya Haj vazirligining mazkur talablari buzilgan yoki yolg‘on ma’lumot berilgan taqdirda, Haj vazirligi tomonidan chora ko‘rilishi bildirilgan.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi ziyoratchilarni ushbu talablarga to‘liq amal qilishga chaqirdi hamda ushbu talablar haj ishtirokchilarining hayotini va salomatligini saqlashga qaratilganini ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 75 mingdan ortiq haj qoidalarini buzgan shaxslarni qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing