OFK bosimidan so‘ng Avstraliya A Seriya o‘yinini bekor qildi
Sport
−
16:36 888 1 daqiqa
Kecha, 22 dekabr kuni Avstraliya hukumati Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan qo‘yilgan futbol sanksiyalari va shartlar tufayli Pert shahrida “Milan” va “Komo” o‘rtasidagi A Seriya o‘yinini bekor qilganini e’lon qildi. Bu haqda AAP nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar moliyaviy xavflarni kamaytirish imkonsizligi, qattiq tasdiqlash shartlari va nazoratdan tashqaridagi so‘nggi daqiqadagi murakkabliklar sababli ushbu qarorga kelishdi. Avstraliyadagi o‘yin A Seriyaning barcha 20 klubi, Italiya futbol federatsiyasi va UEFA tomonidan ma’qullangan edi. Biroq, OFK tomonidan o‘yinni o‘tkazish uchun qo‘yilgan qat’iy shartlar Avstraliya hukumati va A Seriya uchun moliyaviy xavfsiz tarzda bajarilishi mumkin emasligi aniqlangan. Shu sababli, ushbu xavflarni kamaytirish imkonsiz deb topildi.
O‘yinni “Milan”ning uy stadionida o‘tkazish ham mumkin emas, chunki “San-Siro” stadionida bu vaqtda qishki Olimpiadada ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Hozircha, Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Milan” – “Komo” o‘rtasidagi o‘yinning aniq joyi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq A Seriya prezidenti Esio Simonelli “Milan” va “Komo” o‘rtasidagi A Seriya uchrashuvi rejalashtirilgandek Avstraliyada bo‘lib o‘tishini tasdiqlab bayonot bergan edi.