Abduhakimov boshchiligidagi komissiyaga keng vakolatlar berildi
Jamiyat
−
25 noyabr 5349 2 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 24 noyabr kuni imzolangan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi.
Komissiyaga Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov rahbar etib tayinlandi.
Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar berildi:
- Tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish;
- transport vositalari harakatini cheklash, jumladan:
- Toshkent shahrida yuk tashish avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
- avtotransport vositalarining, jumladan, davlat raqamiga mos ravishda toqu juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyotini joriy qilish (elektromobillar bundan mustasno);
- harakatlanishi vaqtincha cheklanadigan avtotransport vositalari turlari, ko‘chalar va boshqa hududlarni belgilash.
- Atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar va boshqa ob’ektlar faoliyatini vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish;
- Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko‘chirilishi majburiy bo‘lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;
- Sanoat korxonalari uchun tashlanmalarning ruxsat etilgan miqdorini belgilash va ushbu talabni buzgan sanoat korxonalari faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rish;
- Qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, jumladan, qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o‘rnatish va boshqa talablar;
- Davlat organlari va tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini ekologik talablarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirish;
- Oqar suv (daryo, kanal, ariq) ob’ektlarida suv ob’ektlari qirg‘oq muhofaza mintaqa zonalarida qurilishni taqiqlash va ekologik vaziyatni yaxshilash bilan bog‘liq boshqa vakolatlar.
Maxsus komissiya tarkibi quyidagilardan iborat:

Live
Barchasi