Aeroport va avtovokzallar nomlari o‘zbekchalashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi aeroport va avtovokzallar nomlari davlat tili me’yorlariga moslashtiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 yanvar kuni qabul qilingan “Aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar, ish yuritish hujjatlari, xaritalar va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi. Qarorda nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilgan 161 aeroport, avtovokzal va avtostansiyalarning nomlari keltirilgan, shuningdek, 21 tasiniki yangilangan.

Xususan, Toshket shahridagi Toshkent-Sharqiy aerporti Toshkent-Humo bo‘lib o‘zgargan.

Transport vazirligi “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uch ou muddatda:

  • aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi hamda yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar, ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritilishini;
  • aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarda o‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlaydi.

Avtovokzal, avtostansiyaga Transport vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan nom beriladi hamda ularning nomlari o‘zgartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari”ga qarashli vokzallar, stansiyalar, raz’ezdlar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport avtovokzal davlat tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing