Afrika davlati Buyuk Britaniyani sudga berdi

Olam

image

Ruanda hukumati Gaaga shahridagi Xalqaro arbitraj sudiga Buyuk Britaniyaga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Unda Britaniya Ruanda hududidan bo‘lgan migrantlarni qabul qilish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblangan. Bu haqda hukumat vakiliga tayanib, “Deutsche Welle” xabar berdi.

2024 yil 25 aprelda Britaniya tomonidan tuzilgan ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish va ularni milliy iqtisodiyotga integratsiya qilish evaziga Ruandaga moliyaviy yordam ko‘rsatishi lozim bo‘lgan. Biroq, 2024 yil iyul oyida hokimiyat tepasiga kelgan Kir Starmer boshchiligidagi yangi Britaniya hukumati Ruandaning oldindan roziligisiz kelishuvni haqiqiy emas, deb e’lon qilgan.

Kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya o‘tgan yilning aprelida va shu yilning aprelida Ruandaga 100 million funt sterling (138 million AQSH dollari)ni ikki teng qismda to‘lashi shart bo‘lgan, ammo buni amalga oshirmagan. Shuningdek, o‘zini ta’minlay olmaydigan ruandalik migrantlarni uchinchi davlatga ko‘chirish sharti ham bajarilmagan.

Ruanda rasmiylari nizoni diplomatik yo‘llar orqali hal qilishga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangandan so‘ng ishni sudga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston mehnat migrantlari bo‘yicha kelishuv bajarilmayotgani uchun Rossiyani ayblab, sudga bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ruanda Gaaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing