Afrikada xavfli virus tarqaldi
Olam
−
17 noyabr 3342 1 daqiqa
Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (Africa CDC) Efiopiyaning janubida xavfli Marburg virusi paydo bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Marburg virusi hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng halokatli kasalliklardan biridir Ebola singari, bu virus ham kuchli qon ketish, isitma, qusish va diareyani keltirib chiqaradi.
Shuningdek, virus tananing bir-biriga ishqalanishi orqali yuqishi aniqlangan. Tadqiqotchilar virus sabab o‘lim darajasi 25% dan 80% gacha yetishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Efiopiya janubida ikki kun ichida kamida to‘qqizta kasallik holati aniqlanganini tasdiqlagan. Hukumat aholini mintaqada tarqalgan xavfli virusdan ogohlantirgan.
“Qo‘shimcha epidemiologik tadqiqotlar va laboratoriya tahlillari olib borilmoqda va aniqlangan virus shtammi Sharqiy Afrikada ilgari paydo bo‘lgan viruslarga o‘xshashligini ko‘rsatadi”, deydi Milliy laboratoriya rasmiylaridan biri.
Qayd etilishicha, Marburg virusi 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Virus uchun tasdiqlangan vaksina yoki boshqa muolaja retsepti mavjud emas, ammo kasallik simptomlarni oldindan davolash bemorlarning ahvolini yaxshilashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada polio (poliomiyelit) kasalligini keltirib chiqaruvchi yovvoyi poliovirus shtammi aniqlangan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi