“Afrosiyob” poyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik qilindi (video)
3-sahifa
−
14 avgust 28219 2 daqiqa
Joriy yilning 14 yanvar kuni kechki vaqt ular Samarqand viloyatining Paxtachi tumani “Burqut” MFY hududida “Afrosiyob” elektropoyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Ziyovuddin-Navoiy” temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 3872-km hududida og‘irligi 110 kg bo‘lgan temir-beton shpalni “Afrosiyob” elektropoyezdi harakatlanuvchi temiryo‘l relsi ustiga ko‘ndalang holatda qo‘yib ketilgan. Oradan 15-20 daqiqa o‘tib, “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida 159 km/s tezlikda harakatlanayotgan, jami 148 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi temir-beton shpal bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida poyezdning harakatlantiruvchi qismlariga jiddiy shikast yetgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu ishni kim qilgani aniqlangan.
Aniqlanishicha, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli “Ziyovuddin temir yo‘l masofasi” korxonasida temiryo‘l to‘siqlari bo‘yicha brigadir lavozimida faoliyat yurituvchi, Navoiy shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro 2023 yilning dekabr oyida korxonada brigadir shtat birligi tugatilgach, u yo‘l sozlovchisi va temiryo‘l to‘siqlari qo‘riqchisi vazifasiga ishga o‘tkazilgan.
Lekin sobiq brigadir o‘z noroziligini rahbariyatga ko‘rsatib qo‘yish maqsadida Karmana tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan hamkasbi bilan yuqoridagi jinoiy rejani tuzgan.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 161-moddasi (Qo‘poruvchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan esa qonunbuzarlar qo‘poruvchilik harakatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning biriga 13 yil, ikkinchisiga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, qo‘poruvchilik harakati oqibatida sudlanuvchilar tomonidan “Afrosiyob” poyezdiga 260 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi bois, ushbu pul mablag‘i davlat hisobiga undirib olingan.
Live
Barchasi