AQSH Isroildan Eronning neft ob’ektlariga zarba bermaslikni so‘radi

Olam

image

AQSH Isroildan Eronning energetika, ayniqsa neft infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishni so‘ragan. Bu haqda “Axios” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu Isroil Mudofaa armiyasining Eronni bombardimon qilayotgan o‘n kunlik davri mobaynida Vashington tomonidan uning harakatlarini cheklashga qaratilgan birinchi holat hisoblanadi. Iltimos yuqori siyosiy darajada hamda Isroil Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Eyal Zamirga yetkazilgan.

Donald Tramp ma’muriyati bu qarorning uchta asosiy sababini keltirgan:

  • Energetika ob’ektlariga zarbalar oddiy eronliklarga zarar yetkazmoqda, ularning katta qismi hozirgi rejimga qarshi ekani aytilmoqda;
  • Tramp bombardimonlar tugaganidan keyin Eron neft sohasi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu holat Venesuela bilan amalga oshirilgan hamkorlikka o‘xshash bo‘lishi mumkin;
  • Bunday zarbalar Eronning Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi energetika infratuzilmasiga keng ko‘lamli javob hujumlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Tramp Eron neft ob’ektlariga zarba berishni oxirgi chora sifatida ko‘rmoqda. Bu variant faqat Eron avval Fors ko‘rfazi davlatlaridagi neft infratuzilmasiga hujum qilgan taqdirda qo‘llanishi mumkin.

Avvalroq, Tramp Truth Soccial ijtimoiy tarmog‘ida, agar Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft oqimini to‘xtatsa, AQSH zarbalar kuchini 20 baravarga oshirishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, AQSH oson nishon bo‘lgan ob’ektlarni yo‘q qilishi mumkin va bu Eronning davlat sifatida tiklanishini deyarli imkonsiz qilib qo‘yadi. Shu bilan birga u bunday choralardan foydalanishni istamasligini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron harbiylari Hormuz bo‘g‘ozini minalashni boshlagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil neft' ob'ektlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing