AQSH Makronning Falastinni tan olish tashabbusini rad etdi
Olam
−
25 iyul 4788 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Fransiyaning Falastin davlatini tan olish niyatida qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Qo‘shma Shtatlar [Fransiya Prezidenti] Emmanuel Makronning BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olish rejasini qat’iyan rad etadi”, deb yozgan Rubio.
Davlat kotibi Parijning qarorini beparvolik deb atadi va bu “faqat HAMAS tashviqotiga xizmat qilishi” va “2023 yil 7 oktyabrda [Isroilda sodir bo‘lgan voqea] qurbonlariga qilingan shapaloq” ekanini iddao qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 iyul kuni kechqurun Makron BMT Bosh Assambleyasining sentyabrda bo‘lib o‘tadigan sessiyasida Fransiya Falastin davlatchiligini rasman tan olishini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, “endi asosiysi G‘azodagi urushni zudlik bilan to‘xtatish va tinch aholiga yordam ko‘rsatishdir”.
U, shuningdek, Falastinning HAMAS harakatini qurolsizlantirish, xavfsizlikni ta’minlash va G‘azoni qayta tiklashga chaqirdi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Falastin davlatining hayotiyligini kafolatlash va “uning demilitarizatsiyasini qabul qilish va Isroilni to‘liq tan olish orqali Yaqin Sharqdagi barcha xalqlar xavfsizligiga hissa qo‘shishiga ruxsat berish” zarur.
Live
Barchasi