AQSH Muhammad Ali tasvirlangan pochta markalarini chiqaradi
Sport
−
14 yanvar 698 1 daqiqa
AQSH pochta xizmati mashhur bokschi Muhammad Ali tasvirlangan faxriy pochta markasini chiqaradi. Bu haqda NBC News nashri xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Alining birinchi pochta markasi joriy yilning 15 yanvar kuni bokschining ona shahri Luisvillda taqdim etiladi. Markalarda “Associated Press” tomonidan 1974 yilda olingan oq-qora fotosurat aks ettirilgan bo‘lib, unda Ali o‘zining mashhur boks uslubida tasvirlangan. Har bir varaqda 20 ta pochta markasi mavjud bo‘lib, ularning har birida Alining yo‘l-yo‘l chiziqli kostyumdagi fotosurati ham joylashtirilgan. Shu orqali afsonaviy bokschining nafaqat sportdagi, balki insonparvarlik yutuqlari ham e’tirof etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy bosqichda 22 million pochta markasi bosilgan va ular sotibbo‘lingach, qayta nashr etilishi rejalashtirilmagan.
Muhammad Ali tarixdagi eng mashhur professional bokschilardan biri bo‘lib, 1960 yilgi Olimpiada o‘yinlarida g‘olib chiqqan, og‘ir vazn toifasida jahon chempioni (1964, 1974, 1978) bo‘lgan. U besh karra “Yil bokschisi” va “O‘n yillikning eng yaxshi bokschisi” unvonlari sohibi hisoblanadi. Faoliyati davomida 61 ta jang o‘tkazib, 56 tasida g‘alaba qozongan (37 tasi nokaut bilan).Faoliyatini tugatgandan so‘ng, Ali 1998-2008 yillarda UNICEF’ning faxriy elchisi bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot uchun, Muhammad Ali 2016 yilda 74 yoshida vafot etgan.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar