Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 6 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
10:00 1006 1 daqiqa
Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan yana 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Bolalar ombudsmani Rossiyadagi hamkasbiga qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni mamlakatga qaytarish choralari ko‘rilayotgani yuzasidan so‘rov yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Rossiya Bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida zarur ko‘mak ko‘rsatilib, bolalar joylashgan hududlarda ular uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlangan.
Natijada Sankt-Peterburgdan 2 nafar, Moskva shahridan 1 nafar, Moskva viloyatidan 1 nafar, Tataristonning Qozon shahridan 1 nafar, Kabardin-Balkar Respublikasidan 1 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi hududida ota-onasining qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmaganlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari hamkorligida 14 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingandi.
Live
Barchasi