AQSH fuqarolaridan Ozarbayjonni zudlik bilan tark etishni so‘ramoqda – OAV
Olam
−
05 iyul 2025 36317 1 daqiqa
AQSHning Bakudagi diplomatik vakolatxonasi o‘z fuqarolariga yaqin vaqt ichida Ozarbayjon Respublikasi hududini tark etishni tavsiya qildi. Bu haqda EU Daily xabar berdi.
Xabarda mumlakatni tark etish uchun sabablar oshkor etilmagan. AQSH elchixonasi o‘z fuqarolaridan Ozarbayjonni zudlik bilan tark etishlarini so‘rayotgani aytilgan xolos. Elchixona veb-saytida bu haqda hech qanday xabar yo‘q, ammo jamoatchilik vakillari transfer haqidagi postni faol ravishda tarqatmoqda.
“AQSHning Bakudagi diplomatik vakolatxonasi o‘z fuqarolariga yaqin vaqt ichida Ozarbayjon Respublikasi hududini tark etishni tavsiya qildi”, deyiladi xabarda.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi vaziyatga izoh bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonda 43 nafar deputat mamlakat Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramovga AQSH bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgandi. Mazkur murojaatda AQSH bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish uchun ba’zi choralar ko‘rish so‘ralgan. Jumladan, 1997 yilda imzolangan “Kelajakdagi harbiy va mudofaa aloqalari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot”ni va 2013 yilda Ozarbayjon va AQSH mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan jihozlar xaridi va o‘zaro xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni bekor qilishga chaqirilgan.
Live
Barchasi