“Al-Hilol” Yamal uchun rekord narx taklif qildi
Sport
−
13 Oktabr 7005 1 daqiqa
Saudiyaning “Al-Hilol” klubi “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal uchun 400 million yevrolik taklif bilan chiqdi. Bu transfer amalga oshsa, futbol tarixidagi eng qimmat bitim sifatida qayd etilishi mumkin. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Yamal yaqinda “Barselona” bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi. Uning yillik maoshi 21 million yevroga yaqin bo‘lib, bu klubning unga bo‘lgan ishonchini ifodalaydi. Biroq “Al-Hilol” tomonidan taklif etilgan rekord miqdordagi mablag‘ kataloniyaliklarning rejalarini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Saudiya klubi Lamin Yamal uchun yetti yillik shartnoma tayyorlagan.
Dastlab “Barselona” bu taklifni rad etgani va Yamalni jamoaning kelajagi sifatida ko‘rayotgani aytildi. Ammo moliyaviy bosim hamda futbolchining o‘z ambitsiyalari vaziyatni murakkablashtirgan.
Manbaga ko‘ra, jamoa ichida ham taranglik mavjud. Ayrim futbolchilar, jumladan, Yamal ham murabbiy Xansi Flikning so‘nggi tanqidiy chiqishlaridan norozi bo‘lgan. Bu esa futbolchining kelajakka oid qaroriga ta’sir qilishi mumkinligi haqida taxminlarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Yamal “Barselona” bilan o‘tgan mavsumda Ispaniya La Ligasi, Ispaniya kubogi va superkubogida g‘olib bo‘lgan edi. Shuningdek, Yamal Ispaniya milliy terma jamoasi bilan Yevro-2024 musobaqasida g‘olib chiqdi.
Live
Barchasi