Amazon O‘zbekistonda sputnik internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Jamiyat

image

AQSHning Amazon kompaniyasi O‘zbekistonda Kuiper sputnik internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkentda Amerika biznes-missiyasi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Amazon Kuiper kompaniyasi vakililar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amazon korporatsiyasi vakillari bilan raqamli infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Muzokaralar jarayonida tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va keng polosali internet xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Uchrashuv yakunida Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Hujjat O‘zbekiston hududida telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish va Kuiper loyihasining sputnik tarmog‘idan foydalangan holda, yuqori tezlikdagi internetga bo‘lgan kirishni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Ma’lumot uchun, Amazon Kuiper – Amazon'ning global sputnik internet loyihasini amalga oshirayotgan bo‘limi bo‘lib, u past yuqori yer orbitalaridagi sputniklar sozvezdiyasi orqali butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet ulanishini ta’minlashga qaratilgan. Qo‘shimcha ravishda, ulanish tezligi 400 Mbit/s gacha bo‘lishi mumkin va bu sur’atni 1 Gbit/s gacha oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Facebook, Instagram, WhatsApp va Threads kabi ilovalarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasining ofisi ochilishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Amazon sputnik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing