“Andijon”ning qoniqarsiz natijalari sabab Babayan iste’foga chiqarildi
Sport
−
13 aprel 3738 1 daqiqa
Kecha, 12 aprel kuni O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Andijon” – OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda olmaliqliklar 1:2 hisobida Andijondan g‘alaba bilan qaytdi.
Ushbu mag‘lubiyat “Andijon” uchun mavsumdagi beshinchisi bo‘ldi va 7-turdan so‘ng jamoa 6 ochko bilan musobaqa jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda. O‘yindan so‘ng vodiyliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
“To‘g‘risi, erkakcha gapiraman: endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman. Klub boshqaruvini boshqasiga beraman. Biz bu o‘yindan avval rahbariyat bilan ochiq va samimiy gaplashdik. Rosti, endi o‘z o‘rnimni boshqa insonga topshiraman. Yana aytaman: bu yerga natija qilish va barchani xursand qilish uchun kelgandim”, deydi Babayan.
Ma’lumot o‘rnida, Samvel Babayan “Andijon” boshqaruviga 2025 yil 1 dekabr kuni kelgandi. Ungacha u “Paxtakor”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, Latviyaning “Spartak”, va Xitoyning “Chanchun Yatay” kabi klublarni boshqargan. Shuningdek, 2015-17 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.
Ramazon Usanov
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may