Andijonda 17 yoshli “tungi kapalak” ushlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 10-maktab qizlarining tungi klubda ishlayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabarlarga esa bir nechta qizlarning fotosurati ilova qilingan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Andijon shahri 10-umumta’lim maktabi o‘quvchi-qizlarining fotosuratlari ekani aytilgan tasvirlardagi qizlardan 1 nafari mazkur maktab o‘quvchisi – 2008 yilda tug‘ilgan X.T. ekani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlar 2024 yilning yoz mavsumiga tegishli bo‘lib, maktab tomonidan o‘quvchi qiz dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashmagani sababli 10-sinfda qoldirilgan va joriy o‘quv yilida ham X.T. muntazam dars mashg‘ulotlarini qoldirib kelmoqda.

“X.T. ning xulqi va xatti-harakatlari yuzasidan bir necha bor profilaktik suhbatlar olib borilganini va hozirda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish tashkil etilib, X.T. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahridagi tungi klublardan birining rahbari voyaga yetmagan 14 yoshli qizni klubda raqqosalik bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yib kelayotgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tungi klub tungi kapalak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing