Andijonda 9 yoshli ikki bola hovuzda cho‘kib vafot etdi
3-sahifa
−
07 iyul 5885 1 daqiqa
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 9 yoshli ikki bola fermerning sug‘orish uchun mo‘ljallangan sun’iy hovuziga tushishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Tahririyat holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 5 iyul kuni soat 14:00 da 2016 yilda tug‘ilgan ikki bola – A.U. hamda M.M. Oltinko‘l tumanining Turkiston massivida joylashgan “Jaloliddin oltin tolasi” fermer xo‘jaligiga qarashli tomchilab sug‘orish tizimi uchun qazilgan hovuzga cho‘milish uchun tushib, suvda cho‘kib, hodisa joyida vafot etgan.
Marhum bolalarning har ikkalasi ham Oltinko‘l tumanidagi 17-sonli maktabning 2-sinf bitiruvchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola suv havzasida cho‘kib, vafot etgandi.
Live
Barchasi