Andijonda fuqaro IIB mansabdoriga pora berdi (video)
3-sahifa
−
15 Oktabr 4049 2 daqiqa
Andijon viloyatida ichki ishlar xodimiga pora bergan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24 sentyabr kuni 42 yoshli shaxs o‘zining jinoiy sheriklari bilan Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi fuqaroni aldov yo‘li bilan Andijon shahrida joylashgan uyga chaqirib, uni kiyimsiz holatda videoga olgan. Tovlamachilik yo‘li bilan undan 300 dollar talab qilib, pullarni bermasa, yalong‘och videolarini internetda tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan.
Jabrlanuvchi esa holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Uning arizasi yuzasidan mazkur holatni hujjatlashtirish jarayonida gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan shaxs Baliqchi tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga o‘zi va sheriklariga nisbatan chora ko‘rmaslik, hujjatlarni tergov organiga yubormaslik va ishni yopib yuborish evaziga pora sifatida 300 dollar taklif qilgan. Tuman IIB mansabdori esa viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, fuqaroga xatti-harakatlari qonunga zid ekanini tushuntirishiga qaramasdan, pora taklif qilayotganini aytib bergan va ushbu shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
26 sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi IIB binosida 300 dollarni tuman IIB mansabdoriga berayotgan vaqtida ushlandi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida fuqaro jinoyat qidiruv vakiliga aniqlangan holat yuzasidan chora ko‘rmaslikni so‘rab, 10 ming dollar bergan vaqtida ushlangandi.
Live
Barchasi