Andijonda ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan FVB xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida pora evaziga o‘zgalarni ishga kiritishni va’da qilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirgan va mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1800 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirib, fuqaroni aldagan shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Andijon FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing