Andijonda salkam 27 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni ayirboshlab kelgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida umumiy qiymati 26 mlrd 61 mln so‘m bo‘lgan noqonuniy kriptoaktivlarni ayirboshlab kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro “Bitget” birja platformasi orqali kriptoaktivlar aylanishi bilan tegishli litsenziya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaroning telefoni teshirilganida, “Bitget” birja platformalaridagi akkauntlari orqali 2025 yilning sentyabr oyidan 2 dekabr sanasiga qadar umumiy qiymati 26 mlrd 61mln so‘m miqdoridagi noqonuniy kriptoaktivlarni 3025 ta o‘tkazma orqali qonunga xilof ravishda amalga oshirib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida pora evaziga o‘zgalarni ishga kiritishni va’da qilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ushlangani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon 27 mlrd so'm kriptoaktiv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing