Apple’ga 634 mln dollar jarima solindi

Texnologiya

image

Kaliforniya federal sudi Apple kompaniyasi Masimo kompaniyasiga 634 million dollar jarima to‘lashi kerakligini belgiladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

So‘nggi olti yil davomida Masimo Apple kompaniyasining Apple Watch aqlli soatlarida kislorod darajasini aniqlash texnologiyalaridan foydalanishini birinchi kompaniya huquqlarini buzish deb tanqid qilib kelmoqda. O‘tgan hafta AQSH sudida Masimo haqligi tan olindi va Apple kompaniyasi bilan bir nechta patent bo‘yicha olib borilgan ishlar doirasida bitta patent bo‘yicha qaror chiqarildi.

Ushbu patent mashqlarni kuzatish va yurak urish tezligini ko‘rsatish rejimi bilan bog‘liq. Apple sud qaroriga rozi emasligini bildirdi va uning ustidan boshqa instansiyalarda shikoyat qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Apple vakillarining nashrga aytishicha, Masimo kompaniyasining 25 dan ortiq patentlarining aksariyati oldingi olti yil davomida bekor qilingan va mazkur patent 2022 yilda amal qilishini to‘xtatgan, shuningdek, bemor holatini kuzatish texnologiyalariga asoslangan.

2023 yilda Apple Masimo bilan bo‘lgan nizolar sababli Watch Series 9 va Ultra 2 soatlarining AQSHga importini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Apple bahsli funksiyalarni o‘chirgandan keyingina soatlar import qilinishi mumkin edi. 2024 yili Apple ikki patenti bo‘yicha qarshi da’vo bo‘yicha g‘alaba qozondi, ammo 250 dollarlik kompensatsiya ramziy bo‘ldi.

AQSH Xalqaro savdo komissiyasi Apple Watch yangi versiyalarining AQSHga importini qonuniyligini tekshirish bo‘yicha ish ochdi, chunki Masimo kompaniyasi Apple soatlarining bloklangan funksiyalari nizoni hal qilishiga ishonmayapti. Tekshiruv olti oy ichida yakunlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Apple Kaliforniya Apple Watch Masimo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing