Argentina o‘rtoqlik o‘yini uchun 10 million so‘ramoqda
Sport
−
18 Oktabr 11246 1 daqiqa
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) noyabr oyida Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun Marokash Qirollik futbol federatsiyasi (FRMF)dan 10 million dollar to‘lov hamda turarjoy, sayohat va translyatsiya xarajatlarini qoplashni so‘radi. Bu haqda “Morocco world news” xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, FRMF dastlab bu talabni darhol rad etgan, biroq oradan ko‘p o‘tmay, muzokarani davom ettirish uchun yangilangan taklif bilan chiqqan. Hozircha hech bir tomon rasmiy bayonot bermagan, ammo AFA va FRMF o‘rtasidagi suhbatlar parda ortida davom etmoqda.
Agar tomonlar moliyaviy kelishuvga erisha olsa, o‘yin yaqin haftalarda rasman e’lon qilinishi mumkin. Aks holda, uchrashuvning sanasi kechiktirilishi yoki butunlay bekor qilinishi ehtimoli bor.
Marokash uchun Lionel Messi boshchiligidagi jahon chempionlarini qabul qilish mamlakat futbolining xalqaro nufuzini oshiradigan katta sport va media voqeasi bo‘ladi. Argentina esa bu uchrashuvni mavsumoldi tayyorgarlikning muhim bosqichi sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash terma jamoasi Jahon chempionatlari saralash bosqichidagi ketma ket 16 g‘alabasi bilan yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi