Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ovqati yo‘q qilindi

Olam

image

Armanistonda Nestle kompaniyasining NAN brendidagi bolalar ovqatining 9700 kg miqdordagi partiyasi xavfli deb topilgach, yo‘q qilindi. Bu haqda respublikaning oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiya organi ma’lum qildi.

Bayonotda “Nestle kompaniyasining NAN brendidagi bolalar ovqatining xavfli deb topilgan partiyasi yo‘q qilindi”, deyiladi.

OAV xabariga ko‘ra, ushbu qaror Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalari asosida qabul qilingan. Tekshiruvlar davomida quruq, tez eriydigan, sutli va nordon sutli bolalar ovqatlarida xavfli toksin bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.

2026 yil yanvar oyida Nestle Rossiyada ham ayrim bolalar uchun mo‘ljallangan quruq sut aralashmalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olgan edi. Bunga tashqi yetkazib beruvchidan olingan xomashyoda sereulid toksini mavjud bo‘lishi ehtimoli sabab bo‘lgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur moddaning miqdori juda kam va xavf ehtimoliy xarakterga ega bo‘lgan. Mahsulotni qaytarib olish qarori esa xavflarni kamaytirishga qaratilgan global siyosat doirasida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ham Nestle kompaniyasining ayrim bolalar ovqatlari tarkibida toksin aniqlangani sababli ularning savdosi vaqtincha to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida tashqi yetkazib beruvchidan olingan xomashyoda ovqatdan zaharlanishga o‘xshash alomatlarni keltirib chiqaruvchi sereulid toksini borligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Nestle

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing