Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev World Boxing turnirida qatnashadi
Sport
−
10 may 7855 1 daqiqa
Parij-2024 Olimpiadasi chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Polshada o‘tkaziladigan boks turnirida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
10-17 may kunlari Polshaning Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston jamoasi 9 nafar bokschisi bilan bahslarda qatnashadi.

Bugun, 10 may kuni musobaqda qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Varshavaga uchib ketdi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi tarkibi:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov;
-60 kg: Samandar Olimov;
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-70 kg: Gofur Tohirov;
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev;
-80 kg: Javohir Ummataliyev;
-85 kg: Akmaljon Isroilov;
+92 kg: Jahongir Zokirov;
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr