Avtomobillar ortilgan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qoldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida ustiga avtomobillar ortilgan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qoldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 oktyabr kuni soat 16:30 da tumanning Qorasaroy ko‘chasidagi yangi tunnel ostida Shacman rusumli yuk ortuvchi avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi treylerga ortilgan avtomashinalarning shox qismi bilan elektron monitorni tag qismini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yuk mashinasi ko‘prikka urilib, to‘xtab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yuk mashinasi Shacman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing