Ayolga pod’ezdda shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Kecha, 9 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘p qavatli uy pod’ezdida ayolga shilqimlik qilgan 19 yoshli yigitning ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Nemolchi.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 sentyabr kuni bir ayol uyiga qaytayotganida pod’ezdga uning ortidan B.T. kirib olgan. U undan telefon raqamini so‘ragan, ayol tanishishni istamasligini aytganda esa unga tegajog‘lik qilgan. Ayol baqirgach, u qo‘rqib pod’ezddan qochib chiqqan. 

B.T. sudda aybini tan olgan va suddan jazoni yengillashtirishni so‘ragan. Sud esa unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) asosida 5 sutka qamoq jazosi tayinlagan. Ma’lum bo‘lishicha, 2006 yilda tug‘ilgan shaxs avval ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 44 yoshli shifokor bemor ayolni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bahonasida uning tanasiga teginib, shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Shifokor sudda o‘z aybini tan olib, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirgan va bemor hamda uning oila a’zolaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

pod'ezd shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing