Bahodir Qurbonov Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
06 Oktabr 11278 2 daqiqa
Bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) prezidenti Bahodir Nizomovich Qurbonov Milliy futbol markazida O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
“Avvalo bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik aytaman. O‘zbekistondek futbolsevar mamlakatda ishlash katta sharaf va bu o‘z o‘rnida katta mas’uliyat. Faqatgina milliy terma jamoama emas, barcha — yoshlar, o‘smirlar jamoalari ham mundialda ishtirok etayotgani O‘zbekistonda futbolga berilayotgan katta e’tibor natijasi ekanligini bilinib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman”, dedi Fabio Kannavaro.

Ma’lumot o‘rnida, Kannavaro futbolchi sifatida Italiya terma jamoasi safida 2006 yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan va o‘sha yili eng yaxshi futbolchi sifatida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan, shuningdek, FIFA talqini bo‘yicha “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini bilan taqdirlangan.
Bosh murabbiy sifatida Xitoy terma jamoasi, “Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni), “Tyanszin Quanyan” (Xitoy), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy), “Benevento” (Italiya), “Udineze” (Italiya), va “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) klublarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshchiligidagi yangi shtabda yordamchi murabbiy sifatida ishlashi xabar qilingandi.
Live
Barchasi