Bangladeshning sobiq rahbariga o‘lim jazosi so‘raldi
Olam
−
17 Oktabr 4468 1 daqiqa
Bangladesh prokuraturasi hokimiyatdan chetlatilgan bosh vazir Shayx Hasinani 2024 yilda talabalar boshchiligidagi namoyishlarni qonli tarzda bostirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilinishini talab qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bangladeshda 2024 yil iyul va avgust oylarida davlat xizmatidagi ish o‘rinlari kvotalari bo‘yicha talabalar boshchiligidagi namoyishlar boshlangan, keyin esa u Hasinani ag‘darish uchun ommaviy harakatga aylanib ketgan. Bu Bangladeshda 1971 yildagi mustaqillik urushidan beri kuzatilgan eng yomon zo‘ravonlik edi.
O‘chib ketgan audioyozuvga ko‘ra, u xavfsizlik kuchlariga namoyishchilarga qarshi “o‘ldiruvchi qurol qo‘llashni” buyurgan. Eng qonli voqealardan biri 5 avgust kuni Hasina vertolyotda qochib ketgan kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni politsiya gavjum Dakka mahallasida kamida 52 kishini o‘ldirdi va bu Bangladesh tarixidagi politsiya zo‘ravonligining eng yomon holatlaridan biriga aylandi.
Bosh prokuror Tojul Islomning aytishicha, Hasina 1400 marta o‘lim jazosiga loyiq.
“Bu insoniy jihatdan imkonsizligi sababli biz hech bo‘lmaganda bittasini talab qilamiz”, dedi u.