Bank xodimlari odamlarni o‘g‘irlab, ularning nomiga kredit olgani aniqlandi
Olam
−
04 Sentabr 11960 2 daqiqa
Qozog‘istonda bir nechta banklarning xodimlari odamlarni o‘g‘irlab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, bank xodimlaridan tashkil topgan jinoiy guruh besh yil davomida ijtimoiy jihatdan zaif qatlam vakillarini kredit olish maqsadida o‘g‘irlab kelgan. Jabrlanganlar soni 348 nafarni tashkil etgan, umumiy zarar esa 3,7 milliard tenge bo‘lgan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, jinoiy guruhga respublikaning turli hududlaridan 25 kishi, jumladan, to‘rtta tijorat banki xodimlari kirgan.
Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi dastlab press-relizda banklarning nomlarini keltirgan, biroq keyinroq ularni o‘chirib tashlagan. Ammo ko‘pchilik ushbu ro‘yxat bilan tanishib ulgurgan: “AO Kaspi Bank”, “AO Forte Bank”, “AO Yevroosiyo banki” va “AO Alatau City Bank”.
Keyinchalik banklarning qo‘shma bayonotida ularning sobiq yoki amaldagi xodimlarining jinoyat ishi a’zolari ekani haqida rasmiy xabarnoma olmaganini bildirgan. Shu bilan birga, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Tergov harakatlari davomida jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulklar aniqlangan. Olmaota shahridagi xonadonlar va yer uchastkalari, qimmatbaho avtomobillar shular jumlasidan. Shuningdek, katta miqdorda naqd pullar ham topilgan. Musodara qilingan mulklarning umumiy qiymati esa 2,7 milliard tenge deb baholangan.
Live
Barchasi