“Barselona” markaziy uchrashuvda g‘alabaga erishdi

Sport

image

Kecha, 2 dekabr kuni “Barselona” Superkubok uchrashuvlari sabab La Liga 19-tur uchrashuvini muddatdan oldin o‘tkazdi. Markaziy bahsda kataloniyaliklar “Atletiko Madrid”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, raqibning 13 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

Uchrashuv faol tarzda boshlandi. O‘yinning 19-daqiqasida Aleks Baena jamoasi qarshi hujumidan unumli foydalanib, “Atletiko Madrid”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

“Barselona” bu golga tezda javob qaytarishga erishdi. 26-daqiqada Rafinya Pedrining uzatmasidan so‘ng Oblak darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng mezbonlar hujumi kuchaydi va 36-daqiqaga kelib penalti ishlab oldi, biroq Robert Levandovskiy ushbu vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda “Barselona” yana faolroq boshladi. Qisqa vaqt ichida bir nechta imkoniyat yaratilganidan so‘ng, Dani Olmo 65-daqiqada jarima maydoni ichidan aniq zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarida esa Ferran Torres qarshi hujumni gol bilan yakunlab, yakuniy hisobni 3:1 ko‘rinishida keltirdi. Shu tariqa “Atletiko Madrid”ning 13 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. “Barselona” esa ushbu g‘alabadan keyin 4 ochkolik farq bilan turnir jadvalida peshqadamga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Rafin'ya “Atletiko Madrid” Dani Ol'mo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing