Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nakautga uchratdi (video)
Sport
−
22 fevral 6925 1 daqiqa
Bugun, 22 fevral tongida AQSHning Las Veges shahrida navbatdagi professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirok etib, navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
Oqshom doirasida supero‘rta vazn toifasidagi jangda Bektemir Meliqo‘ziyev ganalik Sena Agbekoga qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan bahsda Meliqo‘ziyev 7-raunddayoq jang taqdirini hal qildi. Shu tariqa Bektemir WBA qit’alararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Bektemir Meliqo‘ziyev professional faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Live
Barchasi