Bishkekda bemorlar ayovsiz kaltaklandi (video)

Olam

image

Bugun, 19 yanvar kuni Qirg‘iziston Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi noqonuniy faoliyat yuritayotgan “Hayotga yo‘l” reabilitatsiya markazining sakkiz xodimini hibsga oldi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.

Maxsus xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, muassasa turli xil giyohvandlikdan aziyat chekadigan odamlarga psixiatrik yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan. Biroq u yerdagi xodimlar oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmasdan faoliyat yuritgan va ularning ba’zilari ilgari shu muassasada davolangan.

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, markaz xodimlari rahbarning ko‘rsatmasi bilan og‘ir kasal bemorlarning qo‘l va oyoqlarini yotoqqa bog‘lab, tayoq va elektroshoker kabi narsalar bilan shafqatsizlarcha kaltaklangan. Buyruqni bajarmaganlar izolyatsiyaga joylashtirilgan va 7-8 kun davomida tagliklarda saqlangan.

“Shuningdek, markazda bemorlarni yuqumli kasalliklariga qarab ajratish tamoyillariga rioya qilinmagani aniqlangan. Barcha bemorlar umumiy sharoitlarga joylashtirilgan”, deyiladi bayonotda.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bemorlarning qarindoshlari bunday davolash “usullari”dan xabardor emasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, davolanish narxi oyiga 80 ming som (~11 million so‘m)ni tashkil etgani xabar qilindi.

Mamlakat jinoyat-protsessual kodeksining 96-moddasi talablariga muvofiq o‘tkazilgan tergov choralari natijasida gumonlanuvchilar ushlanib, Bishkek shahar Ichki ishlar departamentining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga olib ketilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek bemor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing