Boysunda yuk mashinasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
28 Oktabr 6167 1 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:54 da viloyat FVBga Boysun tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1355 kilometrida “Qozog‘iston-Tojikiston” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan DAF yuk avtomobili yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:40 da yetib borib, yong‘in soat 09:43 da qurshab olingan hamda soat 09:55 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida yuk avtomobilining motor va salon qismlari hamda yukxonasidagi porolon mahsulotlari to‘liq yongan.
Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Volvo rusumli yuk avtomobili yonib ketgandi.
Live
Barchasi