Britaniyalik ayollar Tinch okeanini eshkak eshib kesib o‘tdi

Sport

image

Britaniyalik sayyohlar Jess Rou va Miriam Peyn tarixda birinchi marta Tinch okeanini eshkak eshib kesib o‘tdi. Ular Peruning Lima shahridan Avstraliyaning Kerns shahrigacha 149 kun davomida 8 ming mil (taxminan 12 875 km) masofani bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Ikki ayol shu tariqa nafaqat jahon rekordini o‘rnatdi, balki bu safar davomida “The Outward Bound Trust” xayriya tashkiloti uchun 50 ming funt sterlingdan ortiq mablag‘ to‘pladi.
Rou va Peyn joriy yilning 5 may kuni yo‘lga chiqib, 17 oktyabr kuni manzilga yetib keldi. Ular yo‘l davomida tuz yaralari, buzilgan suv nasosi, elektr ta’minoti uzilishi kabi sinovlarga duch keldi. Ba’zi paytlarda hatto quyosh panellari ishlamay qolgan, ammo Peyn shimining matosidan filtr yasab, suvni tozalash tizimini tiklagan.

Sayyohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular har ikki soatda almashib, tunu kun eshkak eshib suzishgan. Kuniga 5000 kaloriya sarflagan sayyohlar suvsizlangan ovqat, tvorog va makaron bilan cheklanishgan, hatto kemada turp va karam o‘stirishga ham urinishgan.

Sayohatning eng xavfli lahzasi yo‘lning boshida yuz bergan. Sayohatning sakkizinchi kunida ularning kemasi ruldan ayrilib, Lima qirg‘og‘idan 350 mil uzoqlikda to‘lqinlar orasida qolib ketgan. Ularni dengizchi Aleks Xyuz qutqarib, qayiqni ta’mirlashga yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq britaniyalik sportchi Ross Ejli Islandiyaning 1600 km chegarasini to‘liq suzgan birinchi odam bo‘lib, nomini tarixga yozganligi haqida xabar berilgan yedi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Tinch okeani Jess Rou Miriam Peyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing