Britaniyalik kanoechi uyatsiz video uchun sportdan chetlatildi

Sport

image

Britaniyalik kanoechi Kurs Adams Rozentals ijtimoiy tarmoqlarda axloqsiz video joylagani sababli ikki yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Buyuk Britaniyada kanoe sport turini nazorat qiluvchi rasmiy tashkilot (Paddle UK) intizomiy hay’atining xabar berishicha, Rozentals mart oyida Instagram sahifasiga samolyotda “jinsiy harakat” aks etgan videoni joylashtirib, sport obro‘siga jiddiy putur yetkazgan. Shu bois, u barcha musobaqalar va mashg‘ulotlardan chetlatilgan hamda World Class dasturidan ham chiqarib tashlangan.

23 yoshli sportchi BBC’ga bergan intervyusida jazoni “haddan tashqari og‘ir” deb atagan va videodan afsuslanmasligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Paddle UK’dan olgan yillik mablag‘i atigi 16 ming funt sterlingni tashkil qilgan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlardagi videolari orqali qisqa vaqt ichida 100 ming funtdan ortiq daromad topgan.

Paddle UK bayonotida Rozentalsning harakati “odobsiz va axloqqa zid xatti-harakat” sifatida baholangani, bu esa tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha intizomiy siyosatini buzgani qayd etilgan. Rozentals esa o‘zini himoya qilib, “men birinchi marta o‘z mashg‘ulotlarimni moliyalashtira oldim, bu videolar hayotimni yaxshilashga yordam berdi” degan fikrni bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq italiyalik ikki suzuvchi Benedetta Pilato va Chiara Tarantino Singapurda kosmetik mahsulotlar o‘g‘irlagani uchun 90 kunga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya kanoe 100 ming funt Paddle UK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing