Bugun “Al Hilol” “Nasaf” mehmoni bo‘ladi
Sport
−
29 Sentabr 4896 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr kuni Qarshining “Nasaf” klubi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasidagi 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu turda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari ilk bor Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi bilan bahs olib boradi.
Elit Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan “ajdarlar” Saudiya Arabistonining eng kuchli jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 18:45 da boshlanadi. Uchrashuv Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi.
Uchrashuvni quvaytlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Ahmad Alaliga qanotlarda hamyurtlari Abdulxadi Alanezi, Ahmad Abbos yordam beradi. Zahira hakami Saud Alsamxan, VAR hakami esa Abdulloh Arab.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasidagi yurishini Saudiya Arabistonining boshqa jamoasi “Al-Ahli”ga qarshi 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan edi.