Bugun O‘zbekiston Eron bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 2-tur doirasida maydonga tushadi. Ravshan Haydarov shogirdlari bu safar Eron vakillari bilan bahs olib boradi. Uchrashuv “Prins Feysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 boshlanadi.

Mazkur yosh toifasida jamoalar so‘nggi bor 2023 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida o‘zaro to‘qnash kelgan. Toshkentda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, ularni Osiyo kubogiga yo‘llanmasiz qoldirgan edi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mezbonligidagi musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turda Livanga qarshi uchrashuvda Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromovning gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e’lon qilingan  edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing